O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi                                                                                        uzb rus eng
  Bosh sahifa  Tarixi  Markaziy apparat  Maqsadli rejalar  Tadbirlar  Teatrlar  Yangiliklar  Fotogalereya
Ўзбек театри пайдо бўлиши ва шаклланиши
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
F A R M O N I


O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g`risidaO‘zbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha san’ati an’analarini o‘rganish, boyitish va targ`ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy isloxotlarda teatr arboblarini faol ishtirokini ta’minlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratishni, maxsus ta’lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtyojni to‘laroq qondirish maqsadida:1.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, atoqli san’at namoyandalari va keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining teatr tashkilotlari hamda O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi negizida Madaniyat ishlari vazirligi tizimida «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning qoshida Teatr ijodkorlari uyushmasi tashkil etilsin.2.O‘zbekiston Madaniyat ishlari vazirligiga boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda «O‘zbekteatr» birlashmasini tashkil etish bilan bog`liq ijodiy, tashkiliy, moliyaviy-xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklansin.3.Belgilab qo‘yilsinki, «O‘zbekteatr» birlashmasi Teatr ijodkorlari uyushmasi, teatr tashkilotlarini va hududiy bo‘limlariga ega bo‘lgan mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish tuzilmasi hisoblanib, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga taalluqli ekanidan qat’i nazar, mamlakatdagi barcha davlat teatrlari, teatr-studiyalari, xalq teatrlari jamoalari va boshqa tegishli tashkilotlarni ixtiyoriy ravida birlashtiradi.4.«O‘zbekteatr» birlashmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat ekanligi inobatga olinsin:Teatr va teatr-studiyalar ijodiy jamoalarini xalqimizning boy ma’naviy dunyosi, madaniy merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlarimizga ehtirom tuyg`ularini madh etuvchi, istiqlolni ulug`lovchi yorqin saxna asarlari yaratishga yo‘naltirish, shuningdek, vatanparvarlik g`oyalarini, milliy-estetik tamoyillarni targ`ib qilishga qaratilgan tashabbus va harakatlarni rahbatlantirish;O‘zbek xalq tomosha san’atlari (xalq an’anaviy teatri, maydon tomoshalari, bayramlar) sohasidagi boy tarixiy merosni chuqur o‘rganish, tadqiqotlar, o‘quv qo‘llanmalari yaratish uchun shart-sharoit tug`dirish;Ijodkorlarni ijtimoiy muhofaza qilish, teatrlarning moddiy-texnik negizini mustahkamlash, ularni zamonaviy ashyolar bilan ta’minlash;Teatr jamoalari, rejissorlar, dramaturglar, bastakorlar, rassomlar va baletmeysterlarga dolzarb mavzularda buyurtmalar berish, respublika va xalqaro miqyosda ko‘rik-tanlovlar, festivallar o‘tkazish, xorijiy mamlakatlarga gastrollar uyushtirish, ilmiy anjuman, simpozium va seminarlar o‘tkazish, turli mukofot va sovrinlar ta’sis etish;Iqtidorli yoshlarni izlab topish va malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga yaqindan yordam berish;O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, «Kamolot», «Umid», «Oltin meros» va boshqa jamg`armalar yordamida yosh ijodkorlar san’atini targ`ib qilish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, mamlakatimizda va chet ellarda ta’lim olish hamda malaka oshirishlarini uyushtirish.5.Milliy teatr va ommaviy tomosha san’atlari yutuqlarini keng targ`ib etish maqsadida «Teatr» oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali nashr etilsin.6.Teatr san’ati ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishning qudratli vositalaridan biri ekanligini nazarda tutib, joylarda bu san’at rivoji bilan bog`liq ishlarni izchil amalga oshirish mas’uliyati Madaniyat ishlari vazirligi bilan bir qatorda, tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi raxbarlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shanar va tuman hokimlarining zimmasiga yuklansin.7.«O‘zbekteatr» birlashmasining moddiy-texnik negizini mustahkamlash, ijodkorlarni moddiy va ma’naviy rahbatlantirish maqsadida birlashmaning «Artmadad» nomli maxsus jamg`armasi tashkil etilsin.Davlat, jamoat tashkilotlari hamda mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunishdan qat’i nazar, turli muassasalar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar va alohida jismoniy shaxslar jamg`arma hammuassislari bo‘lishi mumkin. Jarg`armaning ta’sis majlisi bir oy muddat ichida o‘tkazilsin.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamg`arma Nizomini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Artmadad» jamg`armasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida uning hisob raqamiga elliy million so‘m miqdorida mablag` o‘tkazsin.8.Toshkent shahar hokimligi ikki oy muddatda Toshkent shahar, Hamza ko‘chasi 49/51 –uylarni ta’mirlasin va ularga «O‘zbekteatr» birlashmasining markaziy apparati, uning jamg`armasi hamda Teatr ijodkorlari uyushmasini joylashtirsin.9.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi birgalikda Toshkent Davlat San’at institutining drama, musiqali teatr, qo‘g`irchoq teatri, kino, teleradio, sahna rassomligi, san’at menejmenti bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash doirasini kengaytirish, o‘qitish uslubini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.Respublika teatr tashkilotlarining, ayniqsa, viloyatlardagi teatr muassasalarini malakali dramaturg va rejissorlarga bo‘lgan katta ehtiyojini hisobga olib, oliy ma’lumotli, iqtidorli yoshlardan dramaturg va rejissorlar tayyorlovchi ikki yillik oliy kurslar tashkil etilsin. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu kurslar davlat buyurtmasi va shartnoma asosida faoliyat yuritadi.10.O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tasarrufiga kiruvchi teatr tashkilotlarining binolari qurilishi va ta’mirlanishi, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Toshkent Davlat san’at instituti va uning 400 o‘rinli yotoqxonasi yangi binolarini loyihalash va qurish uchun tegishli mablag` ajratishni 1999-2000 yillar rejasiga kiritsin.11.Teatr xodimlarini ijtimoiy himoyalash va rahbatlanirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moiya, Mehnat, Madaniyat ishlari vazirliklari hamda «O‘zbekteatr» birlashmasi uch oy muddat ichida teatr muassasalarining ixtisoslashtirilgan tizimini, respublika viloyat, shahar, tuman, xalq va havaskorlik hamda xususiy maqomlari va ijodiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yangi ta’rif me’yorlarini ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.Shu bilan birga, teatr tashkilotlariga qo‘shimcha moliyaviy manbalar topishi uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida ularning gastrol-konsert sharoitlar asosidagi boshqa xizmat faoliyatidan tushadigan mablag`lari, homiylik va inventitsiyalar, shu jumladan, chet el inventitsiyalaridan imtiyozli foydalanish hamda teatr jamoasini rahbatlantirish tartibini belgilaydigan Nizom ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin.12.O‘zbekiston Madaniyat ishlari vazirligi, «O‘zbekteatr» birlashmasi uch oy muddat ichida teatr ijodiy xodimlariga kvalifikatsiya berish, davlat mukofotlari, faxriy unvonlar va boshqa mukofotlarga tavsiya etish bo‘yicha ularning, ayniqsa, yoshlarning butun faoliyati davomida kasbiy va ijodiy o‘sish jarayoni xususiyatlarini hisobga oluvchi Nizom ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasi tasdiqiga taqdim etsinlar.13.«O‘zbekteatr» birlashmasi va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlar barcha turdagi soliqlardan va bojxona to‘lovlaridan besh yil muddatga ozod etilsin.Soliqdan ozod etilishi natijasida yig`ilgan mablag`larning mamlkatimizda teatr-tomosha san’atlarini, ilmiy-tadqiqot va nashr ishlarini yanada rivojlantirishga, birlashmaning moddiy-texnik negizini mustahkamlashga, ijodkorlarni ijtimoiy muhofaza qilish ishlariga sarflanishi belgilab qo‘yilsin.Teatr san’ati rivojiga homiylarni jalb qilish maqsadida ularning foydadan to‘laydigan soliq bo‘yicha «O‘zbekteatr» birlashmasi, uning tarkibidagi muassasalar hisobiga o‘tkazadigan mablag`lari miqdorida monand qisqartirilishi nazarda tutilsin.14.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu farmonda ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish bilanbog`liq bo‘lgan sarf-harajatlarni qoplash uchun mablag` ajratsin.15.Ushbu Farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tegishli qaror qabul qilsin.

(ЎЗБЕК ТЕАТРИ ТАРИХИДАН)

Ўзбек миллий театр санъатининг яратилиши ва ривожланиши узоқ асрларга келиб тақалади. Академик Мамажон Раҳмонов ўзининг илмий изланишларида Ўрта Осиёда айнан, юртимизда театр элементлари эрамиздан олдин III-I асрларда дунёга келганлигини исботлаб берган. Топилган археологик ашёлар, хусусан, сопол парчалари, аёлларнинг турли безакларига чизиб қолдирилган суратларда ҳатто, Еврипид трагедияларининг қаҳрамонлари ва воқеалари ҳам тасвирланганлиги исботланган. Лекин бу драматургнинг трагик асарлари қаерда ўйналган ва саҳналаштирилган? Республикамизда Юнон амфитеатрига ўхшаган бинолар мавжуд эдими? Сурхондарё воҳасида, Термиз шаҳри ёнида (аввалги Ой-хоним шаҳри) эрамиздан аввалги III-I асрларда бунёд этилган амфитеатр қолдиқлари топилгач, бу савооллар ойдинлашди. Шу билан бирга, Қизиқчи – масхарабоз актёрларининг ниқоблари ва уларнинг кичкина-кичкина хайкалчалари (статуэтка)нинг Самарқанднинг Афросиёб туманида топилганлиги мамлакатимиз худудида анъанавий халқ томоша санъатига асосланган майдон томошалари ҳам мавжуд бўлганлигини кўрсатади.
Бу санъат тури тобора ривожлана бориб, асрлар давомида аста секин ўзбек халқининг урф-одатлари, расм-русумлари билан боғланиб кетди.
Театр санъатининг масхарабозлик ва қизиқчилик ҳамда қўғирчоқ ўйинларидан иборат турлари Европа услубидаги театр ривожланишига ҳам катта туртки берган. XIX асрнинг охири - ХХ асрнинг бошларида Туркистон ҳудудига Европа шаклидаги театр кириб кела бошлаган. Маърифатчилар Зокиржон Фурқат, Аҳмад Дониш, Маҳмудхўжа Беҳбудий, Абдулла Авлоний, Маннон Уйғур, Абдурауф Фитрат, Чўлпон ва Ҳамза Ҳакимзода Ниёзийлар янги шаклдаги театрнинг асосчиларидан бўлдилар.
1911 йили Маҳмудхўжа Беҳбудийнинг (1875-1919) "Падаркуш" номли драмаси дунёга келди. 1914 йилнинг 15 январида Самарқанд шаҳрининг «Халқ уйи»да саҳна юзини кўрди, сўнгра феврал ойида Тошкентда Абдулла Авлонийнинг "Турон" труппасида саҳналаштирилади. Ҳозирги Ўзбек Миллий академик драма театри айнан шу куни дунёга келади.
Ушбу театр фаолиятини ривожлантиришда ва мустаҳкамлашда Маннон Уйғур билан бир қаторда таниқли актёрлар Аброр Ҳидоятов, Маъсума Қориева, Сора Эшонтўраева, Етим Бобожонов, Замира Ҳидоятова, Мария Кузнецова, Саъдихон Табибуллаев, Шариф Қаюмов, Олим Хўжаев, Шукур Бурҳонов, Наби Раҳимов ва бошқа забардаст санъаткорларнинг хизматлари катта. Улар замонавий ўзбек театр санъатининг пойдеворини яратдилар.
Бугунги кунда Тошкент шаҳри, Қорақалпоғистон Республикаси ва барча вилоятларда жаъми 37 та давлат театри мавжуд бўлиб, уларда ҳар йили 120-150 тагача янги оригинал саҳна асарлари яратилади. Шу жумладан, Тошкент шаҳрида 10 та театр ва 1 та "Дийдор" театр-студияси мавжуд. Шунингдек, Республикамизда "Илҳом", "Аладин", "Турон", "Мулоқот", "Эски мачит" сингари кўплаб нодавлат театр-студиялари ҳамда ҳаваскорлик жамоалари мавжуд бўлиб, уларда театр санъатининг барча жанр ва йўналишларида қизғин ижодий жараён давом этмоқда.
 
Designed & Powered by "SKM" Tashkent 2006 © All Rights Reserved
Tel: (+998-71) 144-14-72, 144-34-44, Fax: 144-38-05 E-mail: info@skm.uz, URL: www.skm.uz